Bu o’zi qanday concept? Bu boshqa bir texnologiyalar (screen readers, SEO va hk.) dasturimizni o’qishini osson qillishga Accessibility deyiladi. Tushunarli qilib aytadigan bo’lsam veb-sayt yoki ilovadan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar ham to’liq foydalanishi.
Accessibilitiy A11y ham deb nomlanadi. Aynan bunday nomlanishiga sabab “a” va “y” orasidagi 11 ta harf.
Bu tushuncha kam yoritilib kelgan. Kandidatlarni suhbat qilish jarayonida ularni a11y haqida tushunchasini aniqlash uchun semantic elementlar haqida savol berar edim. Aslida semantic elementllar ham a11y uchun ham foydasi bor.
WCAG va standartlar
Uni 4 ta asosiy tamoyillari bor (P.O.U.R): Perceivable, Operable, Understandable, Robust.
Perceivable - Foydalanuvchi kontentni ko’ra olishi kerak, agar ko’rishga imkoniyati bo’lmasa eshita olishi kerak degan g’oyani oldinga suradi. Misol uchun har bir rasm uchun alt attributini yozish. Video uchun subtitrlar.
Operable - Bu tushuncha navigate qilish, button click qilish va shunga o’xshash xar qanday ishlarni har qanday usullar bilan boshqarilishini ta’minlaydi. Misol uchun har qanday button ni Tab, Enter yoki Space orqali bosa olish.
Understandable - Kontent va UI foydalanuvchi uchun tushunarli bo’lishi kerak.
Robust - Application turli qurilmalar, brauzerlar va texnologiyalar bilan chiqishib keta olishiga aytiladi. Misol uchun katta o’lchamli qurilmalarda mavjud bo’lgan imkoniyatlar kichik o’lchamdagi qurilmalarda ham mavjud bo’lishi kerak.
