Kursda juda ko’p narsalarni o’rgandim. Nazariy tomondan va amaliy tomondan juda zo’r tushuntirilgan va o’rgatilgan.
❗️Kursni boshlashdan avval bir juda yahshi tafsiya berganlar: «O’rgangan mavzularingini daftarga erinmay yozib boringlar, keyin o’sha yozganlaringni takrorlab yursangizlar mavzular esingizdan chiqmaydigan bo’lib ketadi». Bu tafsiya menda juda yahshi ishladi. O’rgatilgan mavzular 95%i esimga qolgan deb o’ylayman. Qolgan 5%i esa o’zimni takrorlamaganligim sababli bo’lishi mumkin.
Kursning menga yoqgan tomonlari:
-
Juda yaxshi tushuntirish. Umar aka mavzuni shu darajada yaxshi tushuntirganlarki uni eshitganingiz bilan tushunasiz va esingizda qoladi.
-
Umumiy maslahatlar qismi. Darslardan so’ng yoki tanaffus vaqtida soft skills va boshqa ko’nikmalarni oshirish uchun kerakli maslahatlar berib borilar edi. Misol uchun: communication’ni oshirish, team bilan ishlash, oylikni oshirish bo’yicha maslahatlar.
-
Darslar zoom orqali yozib olinganligi. Bu menga ancha qo’l keldi. Bu orqali siz darsda qatnashgan boshqa o’quvchini va ustozni kuzatib turasiz. Bu orqali o’zingizni jonli darsda qatnashayotganday tasavvur qilasiz, darsdan zerikish bo’lmaydi. Boshqa online kurslarda ustoz shunchaki mavzuni tushuntirgan. Bu esa o’quvchini zerikishiga olib keladi.
-
Frontend bo’yicha barcha yo’nalish va texnologiyalar o’rgatilgan (Kutubxona va Frameworklardan tashqari). Optimization texnikalari, SPA, Webpack, CI/CD, XSS, CSS injections, Code injections va hk.
Yoqmagan tomonlari bo’lmadi. To’g’risi 💯. Darslar kanalga joylangan. O’sha kanalda «Kurs sizlarga ma’qul kelybtimi?» savoli ostida Poll ham bor. Unga 81% insonlar «Ha albatta ma’qul» javobini tanlashgan.
Darajangizni, bilimingizni oshirmoqchimisiz? Manashu kurs orqali bu ishni amalga oshirsangiz bo’ladi.
Kurs: FrontInt
Tugatildi: 1.5 oy (07.07 - 20.08)
Kurs muallifi: Umar Sadullayev